“Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta`sirini kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgan edi.
Unga ko`ra, avtomobil yo`llarida yo`l harakati qoidalari buzilganligini foto va video qayd etish vositalarini o`rnatgan tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham qayd etish va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga xabar berish huquqi berildi.






