AsosiyJamiyat

Andijonda elektrobuslar ishlab chiqariladi

'Andijonda elektrobuslar ishlab chiqariladi'ning rasmi

Andijonda elektroavtobuslar ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning Xitoyga safari davomida bu borada hamkorlik masalasida kelishuvga erishildi.

O`zbekistonning Xitoydagi elchixonasida Lanzhou Guangtong New Energy Automobile Co., Ltd rahbariyati bilan uchrashuv o`tkazilib, 100 million dollarlik ikki tomonlama memorandum imzolandi. Unga ko`ra, viloyatda yillik quvvati 2000 ta elektroavtobus ishlab chiqarishga mo`ljallangan loyiha amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar