“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi Toshkent, Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlarida ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.
Poytaxtda ertalab biroz yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi.. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.






