7 yanvar kuni soat 05:00 lar atrofida Namangan viloyati Uychi tumanidagi Mustaqillik istirohat bog`i ichida joylashgan tungi klubda 27 yashar yigit vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Uzreport.news'ga ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, Uychi tumani, “Qo`rg`oncha” MFY hududida joylashgan “Night Korol” nomli tungi klubda, 2002-yilda tug`ilgan S.M., o`ziga avvaldan tanish bo`lgan, 1996-yilda tug`ilgan M.A., bilan o`zaro janjallashib qolib, uni o`ng qo`li bilan bir marotaba yuz sohasiga urib, yiqilganidan so`ng oyog`i bilan ikki marotaba bosh qismiga tepib, og`ir tan jarohati etkazgan va hodisa joyidan yashiringan.
Oqibatda M.A.,olgan tan jarohati bilan fuqaro S.A., tomonidan tuman markaziy shifoxonasiga olib kelinib, birinchi tez-tibbiy yordam ko`rsatilishiga qaramasdan, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 07.01.2024-yilda Uychi tumani Ichki Ishlar Bo`limi huzuridagi Tergov Boshqarmasi tomonidan fuqaro S.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
08.01.2024 14:39
Namangandagi tungi klubda 21 yoshli yigit 27 yoshli tanishini urib o`ldirib qo`ydi






