Turkiya Prezident Administrasiyasi huzuridagi Kommunikasiya Boshqarmasi tomonidan tayyorlangan va G`azodagi insoniyat fojiasiga bolalar nigohi bilan e`tibor qaratishni maqsad qilgan "O`q o`tmaydigan orzular: g`azolik rassom bolalar ko`rgazmasi" ochildi.
Uning ochilish marosimida Rejep Tayyip Erdo`g`anning rafiqasi Emine Erdo`g`an va Prezident Administrasiyasi huzuridagi Kommunikasiya Boshqarmasi boshlig`i Fahrettin Altun ishtirok etdi.
Ushbu ko`rgazma, Isroil hujumlari tufayli G`azodagi urushga guvoh bo`lgan bolalarning his-tuyg`ulari, jarohatlari, og`riqlari va og`ir sharoitlarini san`at orqali etkazish bilan xalqaro hamjamiyatni xabardor qilish maqsadida tashkil etildi. Unda 2008-2009 yillarda G`azoda o`tkazilgan "Quyma qo`rg`oshin operasiyasi" chog`ida onasi raketa ostida qolib, shahid ketgan va ortidan oilasining 26 a`zoning o`ldirilishiga guvoh bo`lgan g`azolik 6 yoshli Mona tomonidan chizilgan rasmdan boshlangan. Jurnalist Abdulla Aytekin tomonidan namoyish qilinayotgan rasm loyihasini o`z ichiga oladi.
Ko`rgazmada Aytekin tomonidan to`plangan bugungi kungacha saqlanib qolgan va ba`zilari keyingi hujumlarda hayotdan ko`z yumgan G`azolik bolalar tomonidan chizilgan 266 ta asarlardan tanlab olingan. Shuningdek, Isroilning so`nggi hujumlarida hayotdan ko`z yumgan jurnalistlar va shifokorlar uchun maxsus bo`lim tashrif buyuruvchilarga taqdim etildi.
Umumiy maydoni 1350 m2 bo`lgan ko`rgazmada G`azolik bolalar rasmlaridan iborat hrakatlanuvchi qurilmalar va rasmlarning asl nusxalari ko`chirilgan raqamli displey bo`limlari mavjud.
Boshqa bo`limda esa, Isroilning so`nggi hujumlaridan keyin shahid bo`lgan bolalarning buyumlari, urush va qo`poruvchilik harakatlari tasvirlangan vayronalar ko`rgazmaga qo`yildi.
"Quyma qo`rg`oshin operasiyasi" kunlarida Emine Erdog`an "Falastinda tinchlik uchun ayollar yig`ilishi"da so`zlagan nutqida, G`azoda o`ldirilgan bolalar va ayollarga e`tibor qaratdi va G`azodagi bu fojia tufayli ko`z yoshlarini tuta olmadi.
Emine Erdo`g`onni televizorda tomosha qilgan G`azolik Maysa Yusufning “Hurmatli xonim, ko`z yoshlaringiz bizga etib keldi”, degan gapi va Emine Erdo`g`an tasvirlagan portreti ham ko`rgazmadagi yana bir ramziy asar sifatida diqqatni tortdi. Aloqa direktori Altun portretni birinchi xonim Erdog`anga taqdim etdi.
Ko`rgazma 29 yanvargacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo`ladi.
"Biz falastinlik bolalarning ovozini ko`proq eshittirishimiz kerak"
Emine Erdog`an ko`rgazmaga bergan bahosida, 7 oktyabrdan beri Falastinda misli ko`rilmagan zo`ravonlik sodir bo`lganini, Isroil butun dunyoning ko`z o`ngida Falastin xalqiga o`q va bomba yog`dirganini, bu holatdan eng ko`p tinch aholi vakillari, ayniqsa ayollar va bolalar jabrlanganini aytib o`tdi.
G`azoda 7 oktyabrdan beri hayotdan ko`z yumganlarning qariyb 9 ming nafarining bolalar ekanligiga e`tibor qaratgan Emine Erdo`g`an, "Shifa kasalxonasida ishlaydigan shifokorning, "Eng qiyini, o`lgan chaqaloqning tanasiga noma`lum x yozish» degan so`zlari G`azodagi bolalar duchor bo`layotgan shafqasizlikni juda yaxshi tushuntirib bermoqda. Bu ko`rgazma aslida bizga G`azolik bolalarning kechinmalari va his-tuyg`ularini eng oddiy tarzda aytib bermoqda. Ularning dardi aslida qalam va rasmlarida aks etmoqda", deya baholadi.
G`azolik Maysa Yusufning “Hurmatli xonim, ko`z yoshlaringiz bizga etib keldi” izohi bilan chizgan rasmi o`zini ta`sirlantirganini aytib o`tgan Emine Erdo`g`an, "O`q o`tmas orzular: G`azolik yosh rassomlar ko`rgazmasi"ning Falastinlik bolalarning ovozini dunyoga etkazish nuqtai nazaridan muhim harakat bo`lganini ta`kidladi.
Emine Erdo`g`an barchani bu begunoh bolalarning tinchlik chaqirig`iga quloq solishga, ularning suratlar orqali aytayogan hikoyalarining ko`ngilli etkazuvchisi va adolatli da`vatchisi bo`lishga taklif qilib, ushbu ko`rgazmaga hissa qo`shgan barchaga, jumladan, rasmlarni yig`ish va bugungi kungacha saqlashda ishtirok etganlarga o`z minnatdorchiligini bildirdi.
Emine Erdog`an “Biz eng asosiy yashash huquqidan mahrum bo`lgan va nafaqat yaqin yillarda, balki ertangi kunni ko`rib ko`rmasligi noma`lum bo`lgan falastinlik bolalarning ovozini yanada ko`proq eshittirish, ularning boshdan kechirgan dardini yanadayuzaga chiqarishimiz kerak. Bu zulmga barham berish uchun dunyoni imkon qadar tezroq harakat qilishga chaqiramiz va Turkiya sifatida bu yo`lda Prezidentimiz janob Rajap Tayyip Erdo`g`an boshchiligida jadal harakat qilmoqdamiz. 15 noyabr kuni "Falastin uchun yagona yurak" sammiti uyushtirdik va liderlarning rafiqalari sifatida o`t ochishni to`xtatish uchun kuchli chaqiruv qildik. Sammitning davomi bo`lgan ko`rgazma bilan ham xuddi shu chaqiriqni yangilayapmiz" deya ta`kidladi.
Emine Erdog`an, 2009 yilda “Qo`lingni cho`z, ey insoniyat” shiori bilan o`tkazgan sammitda yig`lab tinchlikka chaqirgan bolalar endi kattalardek urushning qorong`u tomoni bilan yuzma-yuz bo`lganliklarini, ehtimol endi ularning farzandlari ham xuddi shunday taqdirni boshdan kechirib Isroil zulmi qurboni bo`lganini ta`kidlagan holda shunday davom etdi:
"14 yil oldin falastinlik bolalar uchun insoniy qadr-qimmatga loyiq kelajak tilagan edik. Bugun G`azo noma`lum shahid bolalar shahridir. Ko`zlari Maysa Yusuf kabi bizda, sizda va butun insoniyat vijdonida bo`lgan Falastinning begunoh bolalariga adolatli va tinch dunyo qarzdormiz. 2023-yilda ham xuddi shunday chaqiriqlarni qilishda davom etayotganimiz qanchalik achinarli... Falastin erlarida doimiy va barqaror bardam qurish uchun yana qancha avlodlarni qurbon qilishimiz kerak? Bugun sodir bo`layotgan genosidni javobgarlikka tortilmasdan keyingi nasllarga etkazishdan bosh tortamiz. Bugun to`kkan ko`z yoshlarimiz, aytgan so`zlarimiz va har bir aniq qadamimiz falastinlik begunohlar uchun hayotiy ahamiyatga ega. Ko`z yoshlarimiz bilan bir kun kelib G`azo va Falastin erlariga tinchlik va osoyishtalik olib kelish umidini Falastin va insoniyatning kelajagi bo`lgan Maysa Yusuf kabi bolalarga olib boramiz va Turkiya sifatida biz qo`limizdan kelgan barcha kuchlarni, ayniqsa insonparvarlik yordamlarini safarbar qilmoqdamiz”.
"Isroilning zulmini endi hech qanday tarzda oqlab bo`lmaydi"
Turkiya Prezident Administrasiyasi huzuridagi Kommunikasiya Boshqarmasi boshlig`i Fahrettin Altun ham urushlar va qirg`inlar bolalarga eng dahshatli ta`sir ko`rsatganini aytib, quyidagicha baho berdi:
"Bu holat G`azoning jabrdiyda va mazlum, dunyo tomonidan himoyalanmagan bolalari uchun juda ham achinarli. G`azolik bolalarning o`z dunyosida, kichik yuraklari va ruhlarida his qilganlarini kichik barmoqlari bilan qog`ozga tushirayotgan suratlaridan iborat bo`lgan bu ko`rgazma ular nimani boshdan kechirayotganlarini va nimani his qilayotganlarini aniq ochib bermoqda" dedi.
Ko`rgazmadagi rasmlarning Isroil zulmini qonuniylashtirmoqchi bo`lganlarning yolg`onlarini ochiq-oydin ochib berganini ifoda etgan Kommunikasiya Boshqarmasi boshlig`i Fahrettin Altun, "Isroilning zulmini endi hech qanday tarzda qonuniylashtirib bo`lmaydi. Chunki bu rasmlardagi har bir chiziq, har bir qalam izi yaxshi va yomonni, begunoh va zolimni, haq va nohaqni ajratib turadi" dedi.
Kommunikasiya Boshqarmasi boshlig`i Fahrettin Altun, bu rasmlar hech qanday shubhasiz Isroilning bolalar va Falastinning kelajagini o`ylamasdan nishonga olgani, og`ir urush jinoyatlari sodir etgani va genosid qilishni maqsad qilganini ko`rsatayotganini ta`kidlab, “Bu rasmlar Isroilning o`nlab yillar davomida insoniyat tomonidan tan olingan barcha axloqiy chegaralarni kesib o`tganini aniq ko`rsatmoqda" deya baholadi.
"Turkiya sifatida Prezident Rejep Tayyip Erdog`an boshchiligida haqiqatni hayqirishdan bir qadam ham chekinmaymiz, G`azolik birodarlarimiz va halok bo`lgan begunoh bolalarimizning adolatli da`vosini himoya qilishdan aslo to`xtamaymiz” deya ta`kidlagan Kommunikasiya Boshqarmasi boshlig`i Fahrettin Altun nutqini quyidagi so`zlar bilan yakunladi:
“Qo`limizdan qanday imkon kelishidan qat`iy nazar, bu zulmga qarshi turish uchun barchasidan foydalanayapmiz, bundan keyin ham foydalanishda davom etamiz. Prezidentimizning “Dunyo yanada adolatli bo`lishi mumkin” degan degan shioriga muvofiq, Falastindagi insoniyat fojiasini tugatish va doimiy tinchlik o`rnatish Turkiya sifatida bizning eng muhim ustuvor vazifamizdir”.
Emine Erdog`an ko`rgazmani ziyorat qildi va G`azolik bolalarning rasmlarini tomosha qildi.
Ko`rgazmaning ochilishida Istanbul Hokimi Davut Gul, turmush o`rtog`i Gulden Gul va Beyog`lu Shahar hokimi Haydar Ali Yildiz ham ishtirok etdi.
Kommunikasiya Boshqarmasi boshlig`i Altunning xabarlardagi tarqatgan postidan:
Kommunikasiya Boshqarmasi boshlig`i Fahrettin Altun, ijtimoiy tarmoq sahifasidagi postida, "Prezident Administrasiyasi huzuridagi Kommunikasiya Boshqarmasi tomonidan Istanbulning Taksim maydonida ochilgan "O`q o`tkazmaydigan orzular: G`azolik yosh rassomlar ko`rgazmasi" ham fuqarolarimiz, ham mamlakatimizga tashrif buyurgan mehmonlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
G`azodagi insoniyatga qarshi jinoyatlarga e`tibor qaratish maqsadida tashkil qilgan ko`rgazmamiz 29-yanvarga qadar tashrif buyuruvchilarga ochiq” dedi.






