AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qancha ko`chmas mulk ob`ektlari borligi ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonda qancha ko`chmas mulk ob`ektlari borligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`zbekistonda 2024 yil 1 yanvar holatiga jismoniy va yuridik shaxslar egaligida 8 184 005 ta ko`chmas mulk ob`ektlari mavjud.

Bu haqda Kadastr agentligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shundan:

- Yakka tartibdagi turar joy ob`ektlari - 6 244 155 ta;
- Ko`p qavatli uylardagi kvartiralar - 1 492 818 ta;
- Noturar joy ob`ektlari - 601 478 tani tashkil etadi.

2023 yilning shu davriga nisbatan solishtirganda o`sish dinamikasi respublika bo`yicha jami 154 446 ta ko`chmas mulkni tashkil etadi.

O`sish dinamikasi bo`yicha top uchtalikni quyidagi hududlar egalladi:

- Toshkent shahri- 24 525 ta;
- Qoraqalpog`iston Respublikasi - 15 549 ta;
- Xorazm viloyati - 14 811 ta. 

    Boshqa yangiliklar