Noqulay ob-havo sharoiti tufayli ikkita reys Samarqand va Navoiydagi muqobil aerodromlarga yo`naltirildi.
"Turkish Airlines" aviakompaniyasining Istanbul-Buxoro yo`nalishida TK-266 reysini amalga oshirayotgan samolyot chang bo`roni tufayli belgilangan aeroportga qo`na olmadi.
Ekipaj Samarqanddagi muqobil aerodromga uchishga qaror qildi. Mahalliy vaqt bilan soat 15:20 da bortida 62 yo`lovchi bo`lgan samolyot Samarqand aeroportiga qo`ndi.
"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Toshkent-Buxoro yo`nalishi bo`yicha HY-23 reysini amalga oshirayotgan samolyot Navoiydagi muqobil aerodromga yo`l oldi. Toshkent vaqti bilan soat 15:25 da bortida 139 nafar yo`lovchi bo`lgan samolyot Navoiy aeroportiga qo`ndi.






