Soat 10:59 da Farg`ona viloyatidagi 110 kVli "L-Charxiy-2" elektr uzatish tarmog`ida nosozlik yuzaga keldi.
Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Nosozlik oqibatida Uchko`prik, Bag`dod va Buvayda tumanlari iste`molchilari qisman (4 900 ta) elektr ta`minotidan uzilgan.
"Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu nosozlik soat 16:00 ga qadar to`liq bartaraf qilinadi.
Shu bois ayni paytda elektr ta`minotidan uzilgan iste`molchilarni boshqa manbalar orqali elektr energiyasi bilan ta`minlash choralari ko`rilmoqda, deyiladi xabarda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raldi.






