"Millar" dasturida qayd etilishicha, Farg`ona viloyati Oltiariq tumanida ayanchli YTH sodir bo`lgan.
Oltiariq-Marg`ilon temiryo`l kesishmasi harakatdagi poezd tarkibi mavjudligi sababli transport vositalari uchun yopilgan bo`lgan. "Damas" haydovchisi temiryo`l kesishmasidan o`tish uchun yo`l ochilishini kutib turgan vaqtda orqasidan "Cobalt" avtomobili katta tezlikda kelib urilgan. Natijada "Damas" zarbdan poezd vagonlari yo`liga chiqib ketib, haydovchi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
"Cobalt" haydovchisi jabrlanuvchiga yordam bermasdan voqea joyidan yashiringan. Hozirda "Cobalt" avtomobili haydovchisi ushlangan. Unga nisbatan JKning bir nechta moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ehtiyot chorasi sifatida qo`lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.






