AsosiyDunyo
9056

Angliya restoranlaridan birida arvohlar to`polon ko`tardi

Angliyaning Ueykfild shahridagi “New York Italian Kitchen” restoraniga o`rnatilgan kuzatuv kamerasi g`aroyib hodisani suratga oldi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Videokamera restoranda ro`y bergan poltergeyst hodisasini suratga olgan. Arvoh odamlarning diqqatini o`ziga jalb etish maqsadida patnisda turgan bokallardan birini bar peshtaxtasi ustiga ag`dargan. Barmen va uning mijozi qulagan stakanni darrov payqashdi. Barmen barmog`i bilan nuqib, arvoh turgan tomonni ko`rsatgan, ruh esa ayol bilan hazillashishni davom ettirgan. Bundan ko`rinib turibdiki, hech kim arvohning qiliqlaridan qo`rqmagan.

Shon Dikin italyan taomlari tayyorlanadigan bu restoranni uch oy ilgari ochgan edi. Uning so`zlariga qaraganda, restoran ochilgandan beri har kuni bunday g`ayritabiiy hodisaning guvohi bo`lish mumkin ekan. Ko`zga ko`rinmas mehmon nafaqat bokallarni balki boshqa idishlarni ham ag`daradi, mebellarni joyidan siljitadi, eshikni ochib-yopib, o`ynaydi, ofisiant ayollarning sochidan tortqilab, qo`rqitadi, salfetka va tish tozalagichlarni zal bo`ylab sochib chiqadi.

Poltergeyst  hodisasi restoran xodimlariga turli noqulayliklar tug`dirsa-da, ammo hech kimga yomonlik qilmaydi. Shunga qaramay, aksariyat xodimlar uni yoqtirmaydi. Sochi tortqilangan ofisiant  ayollar har kuni bokal siniqlarini yig`ishtirishdan charchagan.

Restoran xodimlarining shikoyatlaridan keyin kamera yozuvlarini kuzatgan restoran xo`jayini Shon Dikin poltergeyst hodisasiga chek qo`yishga qaror qildi. U arvoh ovlovchilar bilan bog`lanib, ularni restoranga taklif qildi. Ammo arvoh ovlovchilardan biror naf chiqishi hozircha noma`lum. Ular arvohni restorandan haydab chiqara olmasa, unda ruhoniyni chaqirishga to`g`ri keladi...

Boshqa yangiliklar