AsosiyJamiyat

Farg`onalik bloger ayol kishiga musht tushirgani aks etgan video olgani uchun javobgarlikka tortildi (video)

'Farg`onalik bloger ayol kishiga musht tushirgani aks etgan video olgani uchun javobgarlikka tortildi (video)'ning rasmi

Avvalroq, Instagramda faoliyat olib boruvchi bloger sevgan yigiti bilan tortishayotgan qizni mush urib yiqitgani aks etgan videosi keng tarqalib, muhokamalarga sabab bo`ldi. 

Farg`ona viloyati IIB xabariga ko`ra, u mazkur video sabab javobgarlikka tortilgan.

Qayd etilishicha, mazkur video tazyiqni, zo`ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ`ib qiluvchi sahnalarni targ`ib qiluvchi mahsulot deb topilgan. Holat yuzasidan IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga taqdim qilingan.

“Instagram sahifamga bir video joylagan edim. Bu video javobgarlikka tortilisha asos bo`lar ekan. Qilgan ishimdan pushaymonman. Qolganlarga ham bu ishni qilmaslikni maslahat beraman”, – deydi bloger.

Mazkur shaxs MJtKning 189 prim 1-moddasi bilan aybli deb topilgan va shu moddaga asosan javobgarlikka tortilgan.

Unga ko`ra, tazyiqni, zo`ravonlikni yoki shafqasizlikni targ`ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, uni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog`ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, tazyiqni, zo`ravonlikni yoki shafqasizlikni targ`ib qiluvchi mahsulotni, shu jumladan uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan to`rt yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yuz baravaridan to`rt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar