Qozog`iston parlamenti yalpi majlisida 2000 yil 7 iyuldagi fuqarolarning o`zaro sayohati shartlari to`g`risidagi ikki mamlakat hukumatlararo O`zbekiston-Qozog`iston bitimiga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi Protokolni ratifikasiya qildi. Bu haqda Kazpravda.kz xabar berdi.
Hujjat xulosasida qayd etilganidek, Qozog`iston va O`zbekiston o`z fuqarolarining qo`shni davlat hududida ro`yxatdan o`tmasdan o`zaro bo`lish muddatini 5 kundan 30 kunga oshirmoqda.
O`zbekiston tomoni uni 2023 yil 25 aprelda ratifikasiya qilgan.
“Yangi hujjat ikki davlat fuqarolarining bir-birining hududida bo`lishlari uchun qulay shart-sharoit yaratadi hamda ikki qardosh davlat o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ishbilarmonlik va madaniy almashinuvlarni yanada rivojlantirishga ta`sir qiladi”, — deyiladi xulosada.