Bugun, 31 yanvar kuni Surxondaryo viloyati hokimligida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po`lat Bobojonov va viloyat hokimi Ulug`bek Qosimov ishtirokida ichki ishlar organlarining xizmat faoliyatiga oid tezkor yig`ilish o`tkazildi. Yig`ilishda dastlab tashkiliy masala ko`rildi.
Polkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovich Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.
Timur Ismailov 1983 yil Qoraqalpog`iston Respublikasi To`rtko`l tumanida tug`ilgan. 2019 yil mayidan IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida ish boshlagan.
Tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.
2020 yil yanvarida prezident tomonidan II darajali "Shon-sharaf" ordeni bilan mukofotlangan.






