AsosiyJamiyat

Umra xizmatlarini lisenziyasiz tashkil etib kelgan 5 ta turistik tashkilot lisenziyasi vaqtincha bekor qilindi

'Umra xizmatlarini lisenziyasiz tashkil etib kelgan 5 ta turistik tashkilot lisenziyasi vaqtincha bekor qilindi'ning rasmi

Ayni paytda, Umra xizmatlarini maxsus lisenziyasiz tashkil etib kelgan 5 ta turistik tashkilot lisenziyasi vaqtincha bekor qilingan. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita matbuot xizmati xabar beradi

Fuqarolarni aldagan shaxslar va turistik tashkilotlarga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Fuqarolarimizdan Umra ziyoratini amalga oshirishda firibgarlar aldoviga tushib qolmasliklarini so`rab qolamiz"  deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar