AsosiyJamiyat

Toshkentda garmoshka-avtobus yo`l chetiga chiqib ketdi

'Toshkentda garmoshka-avtobus yo`l chetiga chiqib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "18-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "King Long" rusumli avtobus yo`l chetiga chiqib ketgani aks etgan xabar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea bugun, 31 yanvar kuni soat 08:30 larda 11-sonli yo`nalishda harakatlanayotgan haydovchi M.J boshqaruvidagi avtobus Uchtepa tumani, TXAY ko`chasi, 18-avtobus saroyi qarshisida yo`nalishga chiqib ketayotgan vaqtda sodir bo`lgan.

Ma`lum bo`lishicha, yo`l-transport hodisasi yog`ingarchiliklar ko`p bo`lganligi sababli yo`l qoplamasi cho`kib, loyli qatlamiga to`g`ri kelib sirg`anib ketishi oqibatida haydovchi boshqaruvni yo`qotib yo`l chetidagi qiyalikka avtobusning orqa qismi tushib ketishi natijasida kelib chiqqan.

Hodisa vaqtida avtobus salonida yo`lovchilar bo`lmagan va hech kimga tan jarohati etmagan. Yo`l-transport hodisasi natijasida avtobusga ham shikat etmagan.

Hozirda avtobus maxsus yuk avtomashinasi yordamida qiyalikdan chiqarilib, yo`nalishga qayta tasarruf etilgan.

    Boshqa yangiliklar