AsosiyJamiyat

Sertifikati bor ona tili va adabiyot hamda tarix o`qituvchilariga 50 foiz ustama to`lash rejalashtirilmoqda

'Sertifikati bor ona tili va adabiyot hamda tarix o`qituvchilariga 50 foiz ustama to`lash rejalashtirilmoqda'ning rasmi

Sertifikati bor ona tili va adabiyot hamda tarix fani o`qituvchilariga 50 foiz ustama to`lash rejalashtirilmoqda. Bu haqida "Ta'lim nazorati" telegram kanali xabar bermoqda. 

2024 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko`ra, 2024/2025 o`quv yilidan boshlab:

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tizimidagi umumiy o`rta ta`lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo`yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo`lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo`shimcha ustama to`lanishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, Prezidentning 2022 yil 11 maydagi PF-134-son Farmoniga ko`ra ushbu fanlar bo`yicha milliy sertifikatga ega o`qituvchilarga 20 foiz ustama to`lab kelinayotgan edi.

Quyida 2024 yilning birinchi yarmida o`tkaziladigan milliy sertifikatlar imtihonlari muddatlari ko`rsatgan.

 

    Boshqa yangiliklar