“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon yomg`ir yog`ishi mumkin. Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 25-27 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-9° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.






