Ijtimoiy tarmoqlarda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipeddagi yo`lovchini urib yuborgani bilan bog`liq xabarlar tarqaldi. Vazirlik axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur hodisa joriy yilning 16 fevral kuni Andijon viloyati Qorasuv shahrida sodir bo`lgan.
Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan va shifokorlar unga tezkor tibbiy yordam ko`rsatishgan. Tekshiruvlar natijasida yo`lovchining sog`lig`i bilan bog`liq jiddiy, xavotirli holat yo`qligi aniqlandi.
“Zaruratga ko`ra, albatta, bu borada yana qo`shimcha axborot beriladi. Shu o`rinda, yurtdoshlarimizdan yo`lda harakatlanish madaniyatiga qat`iy rioya qilishlarini so`rab qolamiz”, deyiladi xabarda.






