“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° sovuq bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° sovuq bo`ladi.