O`zbekiston futbol Assosiasiyasida o`tgan hafta ko`z ko`rib quloq eshitmagan holat ro`y berdi, deya xabar qildi Championat.asia sayti.
Ma`lum qilinishicha, O`FA buxgalteri 350 ming AQSh dollarni (taxminan 4 milliard so`m) o`zlashtirib Turkiyaga uchib ketgan. Hozirda unga qarshi ish ham ochilgan.
"Darakchi.uz" xabarga oylinlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot xizmati bilan bog`landi. Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga ko`ra, mazkur holat bo`yicha Bosh prokuraturada ma`lumot mavjud emas. "Darakchi.uz" boshqa rasmiy tashkilotlar bilan bog`lanib, xabarga oydinlik kiritishda davom etmoqda.