AsosiyJamiyat
4196

O`zbekistonda 21 fevraldan yog`ingarchilik to`xtaydi

'O`zbekistonda 21 fevraldan yog`ingarchilik to`xtaydi'ning rasmi

“O`zgidromet” joriy haftada O`zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Ma`lum qilishicha, ushbu hafta davomida havo harorati asosan kechalari 3-8 daraja sovuq, shimolda 7-12 daraja sovuq, ba`zi joylarda 16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 19-20 fevralda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 21-23 fevralda 0-5 daraja iliq atrofida bo`ladi.

Bugun kunduzi ko`pchilik viloyatlarda ba`zi joylarda asosan qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi.

Ertaga 20 fevralda Farg`ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida biroz qor yog`ishi mumkin.

21-23 fevral kunlari asosan yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Yo`llarda yaxmalak kuzatiladi. Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Qor ko`chishi xavfi bor.

Poytaxtda: bugun kunduzi, shuningdek 20 fevralda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. 21-23 fevralda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 19-20 fevralda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 21-23 fevralda 0-5 daraja iliq bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar