O`zbekistonning Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 29 yoshli shifokori Edvard Axmadiev Sankt-Peterburgdagi konferens-marafonda o`z ilmiy ishini taqdim etdi. Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xabar qilmoqda.
Uning ilmiy ishi ona va bo`lajak bolaning sog`ligiga tahdid soluvchi preklampsiya kaschalligi paytida aniq tashxis qo`yishga yo`naltirilgan zamonaviy tadqiqotlarga bag`ishlangan edi. Tibbiyot fanining o`zbekistonlik yosh vakilining ma`ruzasi shifokorlar uchun amaliy yo`nalish sifatida tan olindi, hamda hamkasblarining sezilarli qiziqishini uyg`otdi.
E.Axamdievning fikricha, konferensiya o`zining mavqei bilan, katta miqdordagi ilmiy va amaliy innovasiyalar va ishlanmalar bilan jozibador ekan. Endilikda ularning eng yaxshilari mamlakatimiz sog`liqni saqlash tizimida qo`llash uchun Respublika ona va bola markazi va uning hududiy filiallaridan kelgan hamkasblar o`rtasida muhokama etiladi.
Umuman olganda, 15-17 fevralda Sankt-Peterburgda bo`lib o`tgan X Butunrossiya «Perinatal tibbiyot: pregvarid tayyorlanishdan sog`lom onalik va bolalikka» mavzusidagi konferens-marafonda uchta ilmiy ma`ruza taqdim etildi. Undan tashqari, forumda yana 5 nafar o`zbekistonlik mutaxassis bevosita ishtirok etdi. Konferens-marafonda o`zbekistonlik vakillar qatorida xorijiy ishtirokchilar sifatida Qozog`iston, Belarus, Polshadan kelgan mutaxassislar ham qatnashdi.
Konferens-maraforn o`z oldiga akusher-ginekologlarning, neonatologlarning, pediatrlarning ayollar va bolalarga ko`rsatiladigan tibbiy yordamni takomillashtirish borasidagi harakatlarini birlashtirish maqsadini qo`ygan. Uch kun ichida Rossiyaning eng yaxshi soha ekspertlari, boshqa mamlakatlar vakillari perinatal tibbiyotga, tug`ruqqa yordam berishga, hamda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning muhim jihatlariga oid mavzularni batafsil tahlil qildilar.
Bu yil bu erda 274 nafar spiker so`zga chiqqan, 546ta ma`ruza taqdim etilgan 188ta seksiyaning ishi tashkil etilgan. Bevosita ishtirokchilar 2 981 kishini tashkil etgan bo`lsa, forumga onlayn shaklda 5 762 nafar mutaxassis qo`shildi.
Respublika ona va bola salomatligi markazi vakillari ushbu keng miqyosli tadbirda an`anaviy ravishda ishtirok etyapti. Va bu tadbir ular uchun yangi tibbiy texnologiyalar bo`yicha tajriba almashish imkoni, shuningdek, amaliy tibbiyot va kasbiy ta`lim sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish maydoni bo`lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, Ona va bola markazi Sankt-Peterburgning uchta etakchi tibbiyot markazlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarni o`rnatgan. Ular D.O.Otta nomidagi akusherlik, ginekologiya va reproduktologiya ilmiy tekshirish instituti, V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot markazi, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetidir. Ular bilan imzolangan hamkorlik haqidagi Memorandumlar doirasida ushbu tibbiyot markazlarida o`zbekistonlik mutaxassislarning tajriba orttirishi, hamda Sankt-Peterburg vakillarining o`zaro ilmiy va amaliy tajriba almashish, o`rganayotgan treninglar uchun master-klasslar o`tkazish maqsadida Toshkent shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrifi tashkil etiladi.
Rossiyaning hamkor tibbiyot markazlari rahbarlari 18—19 oktyabrda Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan «Akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalari» mavzusidagi yubiley konferensiyasiga taklif etildi. Ushbu tadbir bazasida Ona va bola salomatligi markazi tashkil etilgan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tashkil topganligining 50 yillik yubileyiga bag`ishlanadi.