AsosiyJamiyat
2229

Buloqboshida ota uch farzandi uchun 5 yillik aliment pulini oldindan to`ladi

'Buloqboshida ota uch farzandi uchun 5 yillik aliment pulini oldindan to`ladi'ning rasmi

Qonunchilikka muvofiq aliment pullarini besh yildan kam bo`lmagan muddat uchun oldindan to`lash mumkinligi tushuntirilishi natijasida Buloqboshi  tumanining Baynalminal mahallasida yashovchi A.K. uch farzandi uchun 5 yil muddat uchun hisoblanadigan aliment pullarini oldindan to`lashini ma`lum qildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Darakchi.uz'ga ma`lum qildi. 

Ijro harakatlari davomida A.K.dan 138,9 mln. so`m aliment pullari undirilib, undiruvchi G.M.ga topshirildi.

"Byuroning Buloqboshi tuman bo`limi xodimlari tomonidan muntazam ravishda aliment to`lovchi shaxslarning mas`uliyatiini oshirish choralari ko`rib borilmoqda", deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar