AsosiyJamiyat
2022

Qiziqchi Ortiq Sultonov yangi lavozimga tayinlandi

'Qiziqchi Ortiq Sultonov yangi lavozimga tayinlandi'ning rasmi

Qiziqchi, san`atshunoslik fanlari nomzodi Ortiq Sultonov "O`zbekkonsert" davlat muassasasi Samarqand viloyat bo`limiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Ushbu tayinlovga qadar Ortiq Sultonov Samarqand shahar madaniyat bo`limi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma`lumot uchun, Ortiq Sultonov dastlabki mehnat faoliyatini Samarqand viloyati musiqali drama teatri aktyori sifatida boshlagan. Shuningdek, u viloyat teleradiokompaniyasi hamda O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar”, “O`zbekiston” telekanallarida rejissyor bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar