O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi.
Abdulla To`qay nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Tatariston Bosh vaziri Aleksey Pesoshin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O`zbekiston Prezidenti Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o`tkazadi.
So`ng etakchilar 21 fevral – 3 mart kunlari Qozonda o`tkaziladigan “Kelajak o`yinlari” birinchi xalqaro multisport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadilar.