AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qor ko`chish xavfi e`lon qilindi

'O`zbekistonda qor ko`chish xavfi e`lon qilindi'ning rasmi

Joriy yil 23-29 fevral kunlari kutilayotgan yog`ingarchilik hamda havo haroratining o`zgarishi sababli respublikaning bir qator tog`li hududlarida qor ko`chish xavfi e`lon qilindi.

Jumladan:

  • Qashqadaryo viloyatining Dexqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyatining Boysun, Qumqo`rg`on,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyatining Nurobod, Qo`shrobod, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyatining Bo`stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog`lari);
  • Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko`chishi ehtimoli bor.

"Tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlarini so`raymiz", – deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar