AsosiyJamiyat

Poytaxt suv va kanalizasiya uchun 8 mlrdga yaqin mablag` ajratildi

'Poytaxt suv va kanalizasiya uchun 8 mlrdga yaqin mablag` ajratildi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimi v.b Shavkat Umrzoqov poytaxt byudjetidan 7 milliard 900 million so`m mablag` ajratdi. Kecha, 21 fevral kuni shahar hokimining bu bo`yicha tegishli qarori e`lon qilingan, deya xabar bermoqda O`zA.

Mablag` poytaxt Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzuridagi “Suv ta`minoti va kanalizasiya tizimlarini rivojlantirish” jamg`armasida shakllangan qoldiq mablag`lari hisobidan ajratiladi.    

Jumladan, Sergeli tumanidagi No`g`oyqo`rg`on va Qubaytepa mahallalaridagi toza ichimlik suvi va drenaj tarmog`i uchun 2,5 milliard so`m, Yunusobod tumanidagi Oqtepa mahallasini markazlashgan oqova suv tarmog`i bilan ta`minlash xarajatlari uchun 5,4 milliard so`m beriladi.    

Pul o`rnatilgan tartibda “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga yo`naltiriladi.    

Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi pulning sarflanishini nazorat qiladi. Ma`lumot o`rnida aytish joiz, bir necha kun avval Shavkat Umrzoqov suv toshqinlariga qarshi byudjetning zaxira jamg`armasi hisobidan 846 million 500 ming so`m pul ajratgan edi.  

    Boshqa yangiliklar