AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bankomatlardan naqd pul echib olish komissiyasi 1,5 foizga oshdimi?

'O`zbekistonda bankomatlardan naqd pul echib olish komissiyasi 1,5 foizga oshdimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “O`zsanoatqurilishbank” ATBga tegishli bankomatlarda naqd pul echilganda komissiyalar miqdori oshirilgani to`g`risida xabarlar tarqaldi. 

Bank Matbuot xizmati ushbu xabarlarni feyk ekanligini ma`lum qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Bankda mahalliy (UzCard, Humo) kartalaridan naqd pul berish summadan 1 foizni, xalqaro to`lov kartalaridan (shu jumladan, kobeydjing bank kartalari) naqd pul berish summadan 1,5 foizni tashkil etadi.

Ushbu tariflar bankning 2023 yil 26 avgustdagi Boshqaruv qarori bilan tasdiqlangan bo`lib, bugungi kunda komissiya miqdorini oshirish bo`yicha hech qanday qaror qabul qilinmagan.

Aksincha, hozirgi paytda “O`zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan ish haqi loyihasi doirasida chiqarilgan xalqaro kartalardan bankning o`z prosessing markaziga ulangan bankomatlar orqali naqd pul echish summadan 0,4 foizni tashkil qilmoqda, deyiladi bayonotda.

    Boshqa yangiliklar