AsosiyJamiyat

582 ta qonun hujjatlarida korrupsiyaviy omillar aniqlandi - Adliya vazirligi

'582 ta qonun hujjatlarida korrupsiyaviy omillar aniqlandi - Adliya vazirligi'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o`tkazilgan qonun hujjatlari loyihalarining 543 tasi yoki har uchtadan bittasi maqsadga muvofiq emas deb qaytarilgan. Bu haqda vazirlik tomonidan tashkil etilgan hisobot anjumanida ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, oxirgi uch yil davomida qonunchilik yukini ixchamlashtirish bo`yicha dadil qadamlar tashlandi. “Tartibga solish gilotinasi” usuli orqali 8 848 ta normativ-huquqiy hujjatlar bekor qilindi.

Normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyotda qo`llashdagi korrupsiyaviy xavflarning oldini olish maqsadida 359 ta loyiha hamda 113 ta amaldagi qonun hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o`tkazdik, natijada 582 ta korrupsiyaviy omillar aniqlandi.

 

    Boshqa yangiliklar