1

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga xat yozdi

Siyosat 23.02.2024, 16:52
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga xat yozdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga Turkman xalqining milliy etakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovdan maktub keldi. Bu haqda Prezident matbuot kotib xabar berdi. 

Maktubda O`zbekistonda o`zbek va turkman xalqlari o`rtasidagi birodarlik va do`stlik poydevorini yaratishga ulkan hissa qo`shgan buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog`iyning 300 yilligini keng nishonlash to`g`risida qabul qilingan qaror uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik bildirilgan.

O`zbekistonda Maxtumquli Firog`iyning 300 yillik yubileyi keng nishonlanishi xalqlarimiz va davlatlarimiz o`rtasidagi birodarlik rishtalarining buzilmasligi, tarixiy taqdirlari mushtarakligi, yakdilligimiz va hamisha birga bo`lishga tayyorligimizning navbatdagi tasdig`i bo`lishiga ishonch bildirilgan.

Gurbanguli Berdimuhamedov O`zbekiston Prezidentiga mustahkam sog`liq, farovonlik, faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, O`zbekiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tilaklarini izhor etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1