AsosiyJamiyat
2429

Amudaryoda "Qipchoq panton" ko`prigi cho`kib ketdi (video)

'Amudaryoda "Qipchoq panton" ko`prigi cho`kib ketdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryodagi "Qipchoq panton" ko`prigining bir qismi cho`kib ketgani aks etgan video tarqaldi.

 Ushbu holat yuzasidan izoh bergan tuman hokimligiga ko`ra, mazkur videodagi tasvirlar "Jumurtov panton" ko`prigiga tegishli bo`lib, daryoda katta muz harsanglar yig`ilishi natijasida ko`prikning bir qismi yaroqsiz holga kelib qolgan. Shu sababli zudlik bilan ko`prikni ta`mirlash ishlari olib borilgan.

"Jumurtov panton" ko`prigini ta`mirlash ishlari yakunlanganligini hamda ko`prik yaroqli holga kelib, ishga tushirilganligini ma`lum qilamiz", - deyiladi xabarda.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar