AsosiyJamiyat
2204

O`zbekistondagi 3 ta kompaniya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari ro`yxatiga tushdi

'O`zbekistondagi 3 ta kompaniya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari ro`yxatiga tushdi'ning rasmi

Evroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 13-paketini tasdiqladi. Sanksiyalar joriy qilingan korxonalar orasida O`zbekistonda ro`yxatdan o`tgan 3 ta kompaniya — “Alfa Beta Creativ” MChJ, “GFK Logistics Asia” MChJ va “Mvizion” MChJlar joy olgan.

Bungacha “Alfa Beta Creativ” MChJ va “GFK Logistics Asia” MChJlar Rossiya harbiy sanoatini qo`llab-quvvatlashda gumonlanib, Evropa Ittifoqi, AQSh va Yaponiyaning qora ro`yxatiga kiritilgan. “Mvizion” MChJ esa Buyuk Britaniya va AQSh hukumatining qora ro`yxatidan joy olgani haqida avvalroq xabar berilgan.

Ma`lumot uchun, “Alfa Beta Creative”2022 yil 6 iyunda ro`yxatga olingan. Ustav kapitali – 2 mln so`m. Asosiy faoliyat yo`nalishi – “boshqa turdagi ofis texnikalari va uskunalarining ulgurji savdosi”. Yuridik manzili – Toshkent shahri, Navoiy ko`chasi, 16A. Yagina ta`sischisi va rahbari – Grabilin Oleg Valerievich

“GFK Logistic Asia” 2018 yil 28 martda ro`yxatga olingan. Ustav kapitali – 200 mln so`m. Asosiy faoliyat yo`nalishi – “quruqlik transporti sohasidagi xizmatlar”. Yuridik manzili – Toshkent shahri, Navoiy ko`chasi, 16A. Ta`sischilari – GFK Logistic Asia (80 foiz) va Grabilin Oleg Valerievich (20 foiz).

“Mvizion” 2022 yil 14 iyunda ro`yxatga olingan. Faoliyat turi sifatida elektron va telekommunikasion uskunalar va ularning ehtiyot qismlari ulgurji savdosi bilan shug`ullanishi ko`rsatilgan. Tashkilotning yagona ta`sischisi va rahbari sifatida Igor Nikolaevich Ievlev qayd etilgan. Ayni vaqtda davlat reestrida ushbu korxona tugatilayotgani qayd etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar