Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov 2024 yil 1 iyuldan boshlab O`zbekiston banklari uchun aholiga kredit berish bo`yicha talablar kuchaytirishga oid qarorni imzoladi.
Qaror bilan qarz yuki ko`rsatkichi joriy etilmoqda, u o`rtacha kredit to`lovlarining qarz oluvchining o`rtacha oylik daromadiga nisbati orqali hisoblanadi.
Qarz yuki ko`rsatkichi — bu qarz oluvchi o`rtacha oylik daromadining soliqlar chegirib tashlangandan keyin barcha kreditlari va qarzlari bo`yicha shartnoma to`lovlarini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan ulushi hisoblanadi. Past QYuK qiymati qarz oluvchining daromadlari va xarajatlari balansi mavjud kreditlar bo`yicha to`lovlarni o`z vaqtida to`lashga imkon berishini ko`rsatadi. Yuqori daraja esa ortiqcha qarzni bildiradi, ya`ni qarz oluvchi har oy daromadining asosiy qismini qarzni to`lashga sarflashga majbur bo`ladi
Hozir O`zbekistonda qarz yuki talabi faqat mikrokreditlarga nisbatan qo`llanadi va 50 foizni tashkil etadi. 2024 yil 1 iyuldan boshlab barcha kreditlarni (shu jumladan, mikrokreditlarni) berishda kreditorlar o`z mijozlarining qarz yuki 60 foizdan oshmasligini ta`minlashi shart.
2025 yil 1 yanvardan boshlab bu ko`rsatkich 50 foizgacha qisqartiriladi.
Qarz yukini barcha kreditlar kontekstida hisoblashni joriy etish orqali regulyator aholi daromadlarini legallashtirishga erishish, o`z daromadlarini qonuniylashtirgan qarz oluvchilarni kreditlashni rag`batlantirish, norasmiy daromadlarni baholashni rasmiylashtirish va banklarni mas`uliyatli kreditlashga jalb etishni maqsad qilgan.