AsosiyJamiyat
1683

O`zbekistonga gepatit C ga qarshi dorilarning navbatdagi partiyasi olib kelindi

'O`zbekistonga gepatit C ga qarshi dorilarning navbatdagi partiyasi olib kelindi'ning rasmi

Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalarining 2024 yildagi oltinchi partiyasi O`zbekistonga etib keldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

25 fevral kuni olib kelingan 12 qutidagi 6720 dona “Sofosbuvir-400” dori vositalari Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.

Misr hukumati tomonidan 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo`lgan jami 800 ming dona S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir”, B gepatitiga qarshi “Entekavir” dori vositalarining beg`araz yordam sifatida berilishi bo`yicha kelishuvga erishilgan. 2023 yil davomida umumiy qiymati 696 ming dollarga teng bo`lgan mazkur dori vositalari O`zbekistonga bosqichma-bosqich yuborilgandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar