AsosiyJamiyat
2299

Toshkentda avtobus va Malibu o`zaro to`qnashdi

'Toshkentda avtobus va Malibu o`zaro to`qnashdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda avtobus va Malibu ishtirokida YTH sodir bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, 25 fevral kuni “Toshshahartransxizmat” AJning 18-avtobus saroyi filialiga biriktirilgan King Long rusumli avtobus va Malibu rusumli avtotransport vositasi ishtirokida mayda to`qnashuv sodir bo`lgan.

382-raqamli avtobus soat 11:30 larda Bobur ko`chasidagi avtobuslar uchun ajratilgan yo`lakda ketayotganda, to`xtab turgan Malibu haydovchisi old eshikni ochib yuborgan.

Hodisa oqibatida hech kimga, shuningdek, avtobusga ham zarar etmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar