Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Buxoro viloyatida yashovchi 15 yoshli boladan murojaat keldi, deb xabar bermoqda bolalar huquqlari bo`yicha vakil matbuot xizmati.
Aytilishicha, M.M. ismli bola onasi unga uzoq vaqt davomida tazyiq o`tkazib kelgani sababli 2023 yildan buyon onasidan alohida, buvisi qaramog`ida yashab kelgan. U otasi aliment majburiyatlarini o`z vaqtida bajarmagani uchun ozodlikdan mahrum qilinganini bildirib, singlisi va o`zini onasi qaramog`iga berilishiga yo`l qo`ymaslik masalasida amaliy yordam so`ragan.
Bolalar ombudsmanining so`rovi asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mazkur oilaning ijtimoiy vaziyati atroflicha o`rganilgan.
Jumladan, Buxoro viloyati Jondor tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining holatni o`rganish davomida haqiqatdan ham bolaning ustun manfaatlarini ona emas, buvisi ta`minlay olishi to`g`risidagi xulosasi asosida M.M. Buxoroda 15 yoshli bola Ombudsmanga onasidan shikoyat qildi
"Mazkur oilaning ijtimoiy masalalari kelgusida ham bolalar ombudsmani va mutasaddilar kuzatuvi ostida bo`lib, zarur hollarda tegishli ko`mak ko`rsatish choralari ko`riladi", — deyiladi xabarda.