AsosiyJamiyat
1548

Deyarli barcha viloyatlarda zamonaviy quyosh va shamol elektr stansiyalari barpo etilmoqda

'Deyarli barcha viloyatlarda zamonaviy quyosh va shamol elektr stansiyalari barpo etilmoqda'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko`paytirish bo`yicha 2024 yil uchun ustuvor vazifalarga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazmoqda. Bu haqida davlat rahbarining Matbuot kotibi xabar bermoqda.

Tahlillarga ko`ra, yurtimizda quyosh va shamol energiyasi salohiyati elektrga bo`lgan hozirgi ehtiyojni 10-12 barobar ortig`i bilan qoplashga etarli ekani ta`kidlandi.

Shunday ulkan imkoniyatni ishga solish masalasiga ancha yillar davomida e`tibor berilmay kelingani, lekin so`nggi yillarda bu sohada huquqiy baza yaratilgani tufayli investorlar uchun jozibador muhit shakllangani qayd etildi.

“Yashil energiya” manbalarini barpo qilish bo`yicha yurtimizda katta dasturlar boshlandi. Bugungi kunga qadar sohaga 2,1 milliard dollar to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiya kirib keldi, yana 13 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Yig`ilishda ma`lum qilinishicha, deyarli barcha viloyatlarda zamonaviy quyosh va shamol elektr stansiyalari barpo etilmoqda.  

Jumladan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryoda 1,6 gigavattli 9 ta yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushdi.

Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatida 183 megavattli 6 ta yirik va kichik GESlar foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, ijtimoiy soha ob`ektlari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlarga tegishli binolar va aholi xonadonlarida umumiy quvvati 457 megavattli quyosh panellari o`rnatildi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar