AsosiyJamiyat
8841

Toshkentda avtobus va “Tracker” ishtirokida ayanchli YTH sodir bo`ldi

'Toshkentda avtobus va “Tracker” ishtirokida ayanchli YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Toshkentda "King Long" rusumli avtobus va “Tracker” rusumli engil avtomobili ishtirokida ayanchli YTH sodir bo`ldi.

Holat bo`yicha “Toshshahartransxizmat” tezkor ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum qilinishicha, bugun, 29 fevral kuni soat 06:45 larda, "2-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "King Long" rusumli, saroy raqami 556 bo`lgan, 63-sonli yo`nalishda harakatlanayotgan haydovchi A.J. boshqaruvidagi avtobus,  AShB tomon harakatlanayotgan vaqtda M.Ulug`bek tumani, Yangi O`zbekiston ko`chasi chorrahasidan qayrilib olish vaqtida, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan "Tracker" rusumli engil avtomobil yuqori (197 km/soat) tezlikda kelib, avtobus bilan to`qnashuv sodir etgan. 

Yo`l-transport hodisasi vaqtida avtobus salonida yo`lovchilar bo`lmagan. "Tracker" avtomobili haydovchisi tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam ko`rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.

YTH Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar