AsosiyJamiyat

Samarqandda BMW, Damas va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Samarqandda BMW, Damas va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 29 fevral kuni soat 13:20 atrofida Samarqand shahar Dahbed ko`chasida yo`l-transport hodisasi yuz bergan.

Ma`lum qilinishicha, ushbu YTH Damas, BMW va Cobalt rusumli transport vositalari ishtirokida sodir bo`lgan.

Oqibatda Damas rusumli transport vositasi ichida bo`lgan yo`lovchi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Hozirda ahvoli yaxshiligi sababli uyiga javob berib yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar