Davletovuz telegram kanali "O`zbekneftgaz" AJ tasarrufidagi "UNG Petro" MChJning 100% ulushi yagona ta`sischi — Komilov Daniyor Abdulazizovich egaligidagi "PETROLEUM TECHNOLOGY GROUP" MChJga o`tkanligini isbotlovchi hujjatni e`lon qildi. "UNG Petro" MChJ qarashli 78 ta "zapravka" mavjud.

D.Komilov Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq binosini sotib olgan "METROPOL GROUP" MChJning ham yagona ta`sischisi hisoblanadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2023 yil may oyida "UNG Petro" MChJ xususiylashtirilishini e`lon qilgan edi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov Davaktiv O`zbekistondagi eng yirik "zapravka" tarmog`ini yana imi-jimida, yopiq kabinetlarda tanlangan "egasiga" topshirib qo`ya qolganini tanqid ostiga oldi.
"Sopini o`zidan chiqarib qo`yishmagan bo`lishganida, qanaqadir «go`zallik konkursi» o`tkazishgan yoki ikki qator ochiq axborot berishgan bo`lishardi.
Enidanam, bo`yidanam, ostidanam, ustidanam talanayotgan «O`zbekneftegaz»ni MChJga aylantirib, tugatib yuborishsa kerak. Yana nimasi qoldi o`zi?", deya ta`kidlagan iqtisodchi.





