AsosiyJamiyat
1722

"Toshkent" aeroporti yangi avtobuslar xarid qildi (video)

'"Toshkent" aeroporti yangi avtobuslar xarid qildi (video)'ning rasmi

"Uzbekistan Airports" Toshkent aeroporti uchun Germaniyaning "Cobus Industries GmbH" ishlab chiqaruvchisidan yo`lovchi tashuvchi 4 ta avtobus xarid qildi. Bu haqida "Uzbekistan Airports" Matbuot xizmati xabar berdi.

Past polli Cobus 3000 avtobusi kompaniyaning eng katta modeli bo`lib uning uzunligi deyarli 14 metr va eni 3 metr. Avtobus o`z ichiga 10 o`tirgan va 94 tik turgan holda — 104 yo`lovchini sig`dira oladi. Ushbu model polni ko`tarish va tushirish uchun pnevmatik tizim bilan jihozlangan.

Ta`kidlanishicha, "Uzbekistan Airports" kompaniyasi aerodrom majmuasini tozalash uchun yangi universal mashinalar, samolyotlarni muzdan tozalash mashinalari, samolyot tashuvchi transport, dvigatellarni erda ishga tushirish qurilmalari, samolyot saloni uchun havo kondisionerlari va boshqalar xarid qildi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar