Xizmatlarda o`sish bo`lishi uchun transport infratuzilmasini yaxshilash zarurligi qayd etildi. Bu haqida Prezident tomonidan Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan o`tkazilgan yig`ilishda ma`lum qilindi.
Shu bois, Urganch va mamlakatimizni boshqa shaharlariga aviachipta narxini arzonlashtirish uchun 30 milliard so`m subsidiya beriladi.
Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo`lga qo`yiladi.
“Urganch-Xiva” trolleybus qatnovi oraliq vaqti 2 karra qisqaradi, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.
Urganch aeroporti boshqaruvi va modernizasiyasiga xususiy sherik jalb qilish muhimligi ta`kidlandi.
01.03.2024 20:16
Urganchdan uchadigan samolyot aviachipta narxlari arzonlashadi
