AsosiyJamiyat
3185

Toshkent viloyatida “Ohangaronsement”ga tegishli yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Toshkent viloyatida “Ohangaronsement”ga tegishli yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Vodiy—Toshkent yo`lida yuk avtomobillari ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasmiy ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2 mart kuni soat taxminan 10:30 larda 33 yoshli A.Sh. boshqaruvida bo`lgan “Ohangaronsement” AJga tegishli Howo rusumli maxsus yuk avtomashinasi Olmaliq—Toshkent avtomobil yo`lining Yuqori Chirchiq tumani hududidan o`tgan 28-kilometrida, o`zi bilan bir yo`nalishda kelayotgan haydovchi 28 yoshli I.B. boshqaruvida bo`lgan Sany Semi Triler Tractor rusumli yuk avtomashinasiga (tirkamasi bilan) urilishi oqibatida YTH sodir bo`lgan. 

Natijada ikkala transport vositalariga texnik shikast etgan.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo`q. Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar