AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda uch nafar bloger qamoqqa olindi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar sudining yopiq sud majlisid...

'Qashqadaryoda uch nafar bloger qamoqqa olindi'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar sudining yopiq sud majlisida 3 nafar bloger — Nargiza Keldiyorova, Dildora Hakimova va “Inson huquqlari” mustaqil tashkiloti a`zosi, “Himoyachi blogerlar” MChJ rahbari Shukurulla Parpievni qamoqqa olishga sanksiya berilgani, ularga JKning tovlamachilik moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat sudi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ular bir nechta fuqarolardan tovlamachilik yo`li bilan pul undirgan.

Xabarga ko`ra, Nargiza Keldiyorova fermer bo`lib ishlagan. U fermer huquqlarini himoya qilib, o`zining ta`biricha Koson tumani hokimining noqonuniy harakatlarini yoritib kelgan. Dildora Hakimova esa Koson tumani MIBing noqonuniy harakatlari yuzasidan prezidentga bir necha bor murojaat qilgan.

Qashqadaryo viloyati sudi Matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur blogerlarga nisbatan haqiqatda JKning 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sudning 2024 yil 28 fevraldagi ajrimi bilan blogerlarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar