1

Italiyalik dizaynerlar O`zbekiston to`qimachilik sanoatiga jalb qilinadi

Siyosat 11.03.2024, 08:33
Italiyalik dizaynerlar O`zbekiston to`qimachilik sanoatiga jalb qilinadi

O`zbekiston elchisi Abat Fayzullaev Italiyaning Evropa dizayn instituti (Istituto Europeo di Design) rahbariyati bilan muzokara o`tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Uchrashuvda institut koordinatori Paola Pattachini va maxsus loyihalar bo`yicha hamkorlik bo`limi boshlig`i Selena Mezoraka qatnashdi.

Tekstil dizayni sohasida qirq yillik tajribaga ega bo`lgan Paolo Pattachini O`zbekistonda mazkur tarmoqda erishilayotgan yutuqlar va rivojlanish sur`atlari bilan yaqindan tanish ekanligini ta`kidladi.

Italiyalik mutaxassislar joriy yilning 15 fevral kuni O`zbekiston Prezidentining Andijon viloyatiga tashrifi mobaynida Dizaynerlar va texnologlar maktabini tashkil etish bo`yicha bildirilgan tashabbusini katta qiziqish bilan qabul qildi. Ular maktabga Italiyadan kiyim-kechak, maishiy tekstil va sanoat mahsulotlari bo`yicha yuqori tajribali dizaynerlarni jalb qilish yuzasidan taklifni qo`llab-quvvatladilar.

Italiya tomon bilan Evropa dizayn instituti mutaxassislarini O`zbekistondagi yangi Dizaynerlar va texnologlar maktabiga ishga yuborish va Andijon viloyati korxonalariga bozorda yuqori talabga ega tayyor mahsulotlar dizaynini ishlab chiqishda professional tarzda ko`maklashish to`g`risida kelishib olindi.

Evropa dizayn instituti Italiyaning eng nufuzli oliy ta`lim muassasalari qatorida munosib o`rinni egallaydi. 1996 yilda ta`sis etilgan va hozirgi kunda Italiya, Ispaniya va Braziliyada bo`linmalariga ega. Institutda tasviriy san`at, kommunikasiya, moda va restavrasiya yo`nalishlarida ta`lim beriladi. Shuningdek, ushbu yo`nalishlarni qamrab oladigan 60 ta ixtisoslashgan o`quv kurslarini yo`lga qo`ygan.

Oliy ta`lim muassasasida bugungi kunda 120 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Institut bitiruvchilari jahondagi mashhur "Moschino", "Dolce&Gabbana", "Gianfranco Ferré", "Dior" kabi atelelarga dizayner sifatida faoliyat yuritadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1