Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Sirdaryo viloyati filialida turli mas`ul lavozimlarda faoliyat yuritib kelayotgan Umarov Abdurahim Abdulhamidovich viloyat hokimining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalari bo`yicha birinchi o`rinbosari Rahimjon Boboev boshqa ishga o`tayotganligi sababli hozirgi lavozimidan ozod etildi.