AsosiyJamiyat

Farg`onada qurol-yarog` saqlagan shaxs aniqlandi

'Farg`onada qurol-yarog` saqlagan shaxs aniqlandi'ning rasmi

Noqonuniy qurol-yarog` saqlagan shaxs aniqlandi, deya xabar qilmoqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Rishton tumani IIB TQX va tuman DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Rishton tumani Qoshqayron MFY hududida yashovchi Q.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, yashash xonadoni yotoqxonasida 1 dona 2 stvolli, 16 kalibrli, qirqma ov quroli va 1 dona 4,5 kalibrli, pnevmatik vintovkasi borligi, shuningdek, yashash xonadoni avtomashina garajida 160 dona 5,6 kalibrli ov quroli o`q-dorilari, 33 dona ov qurolining yarim tayyor o`qlari, 1.500 dona ov quroli chachma o`qlari va 500 dona kapsullar borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Q.M.ga nisbatan JKning 248-moddasi 1-qismiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.    

 


 

 

    Boshqa yangiliklar