Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Sayxunobod tumanida faoliyat yurituvchi “S-S.” MChJ mas`ul shaxslari hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 1,6 mlrd so`m kredit mablag`lari hisobidan mahalla guzari va maishiy xizmat ko`rsatish sexini qurmasdan, kredit mablag`larini boshqa maqsadlarda sarflab talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning Namangan tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.M.” MChJ sobiq rahbari A.Q. va boshqalar 935 mln so`m imtiyozli kredit mablag`lari evaziga xorijdan olib kelingan 4 turdagi jami 7 dona mebel ishlab chiqarish dastgohlarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Departamentning Jarqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro N.Sh. hamda tumandagi “I.” MFY bo`yicha hokim yordamchisi X.M. 11 nafar fuqaro va YaTT U.T.ning nomiga soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali 698 mln so`m kredit ajratib, ushbu mablag`larni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
11.03.2024 15:48