AsosiyJamiyat

Maktab o`quvchilarining bo`sh vaqtidan unumli foydalanish uchun nimalar qilinyapti?

'Maktab o`quvchilarining bo`sh vaqtidan unumli foydalanish uchun nimalar qilinyapti?'ning rasmi

So`nggi yillarda maktab o`quvchilarining bo`sh vaqtlarini samarali tashkil etish bo`yicha bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan:

– Respublikada 219 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyat ko`rsatib, ularda 10 929 ta to`garaklar tashkil qilindi; 

– davlatimizdagi 42 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablarida xususiy sektorlarni jalb qilgan holda robototexnika, mental arifmetika va xorijiy tillar kurslari tashkil etildi;

– 2023 yilda “Barkamol avlod” bolalar maktablarining 1 394 nafar to`garak a`zolari 345 ta xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, 554 nafari 1-o`rin, 208 nafari 2-o`ringa, 173 nafari 3-o`ringa loyiq deb topilgan. Bundan tashqari 8 nafar to`garak a`zosi gran-pri, 34 nafari oliy o`rinni qo`lga kiritgan;

– Namangan viloyatida 150 o`rinli “Bolalar sayyohlik” bazasi ochildi.

Respublika bo`yicha 14 ta “Bolalar kutubxona”lari hamda 10 119 ta umumta`lim maktablarida jami 16,3 mln. nusxa adabiyotlar fondi mavjud bo`lib, shundan 8,6 mln. nusxasi lotin alifbosidagi adabiyotlar hisoblanadi.

Ta`lim muassasalari 7 ta kitobxonlikka oid ko`rik-tanlovlar o`tkazilib, unda 52 ming nafar o`quvchilar jalb qilindi.

200 nomdagi audio kitoblar tayyorlanib, kitob.uz veb-saytiga joylashtirildi.

10 119 ta umumta`lim maktablari kutubxonalari uchun 11 ming dona “Bibtexnika” vositalari chop etilib, barcha umumta`lim maktablariga etkazildi.

“O`zbekiston bo`ylab sayohat qil” loyihasi doirasida 172 870 nafar umumta`lim muassasalarining o`qituvchi va o`quvchilari uchun sayohatlar tashkil etildi. 

“Yoshlar turizm haftaligi” doirasida 207 605 nafar o`quvchilar sayohatga olib borildi. Shundan, 5 423 nafari nogironligi bo`lgan o`quvchilar.

“Moziyga sayohat” dasturi doirasida 1 720 nafar vazirlik tasarrufidagi respublika tashkilotlari xodimlari, 87 870 nafar umumta`lim muassasalarining o`qituvchi va o`quvchilari muzeylarga, 309 730 nafar o`quvchilar teatrlarga tashriflari tashkil etildi.

Umumta`lim maktablarida sportning 33 ta turidan tashkil etilgan 69 961 ta sport seksiyasi mashg`ulotlarida 1,5 mln. nafar (shundan 574 840 nafar qizlar) o`quvchi-yoshlar shug`ullanib kelmoqda. “Quvnoq startlar”, “Yoshlik sport jamoalari”, “Yozgi ta`tilni sport bilan o`tkazamiz” sport musobaqalari o`tkazilib, unda 2,1 mln. nafar o`quvchilar ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar