1

Abdulla Aripov Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashdi

Siyosat 11.03.2024, 18:30
Abdulla Aripov Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashdi

Bugun, 11 mart kuni Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Tojikiston rahbari O`zbekiston delegasiyasining Dushanbega tashrifi hamkorlik istiqbollarini belgilash nuqtai nazaridan muhim ekanini, shuningdek so`nggi yillarda ikki davlat o`rtasidagi do`stona aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta`kidladi.

Bosh vazir, dastlab, Prezident Emomali Rahmonga O`zbekiston Etakchisi Shavkat Mirziyoevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini etkazar ekan, ikki Davlat rahbarlari o`rtasidagi ochiq va ishonchli muloqot mamlakatlarimiz o`rtasidagi yaxshi qo`shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda muhim omil bo`layotganini ta`kidladi.

Shuningdek, 2022 yil iyun oyida O`zbekistonda Oliy darajada bo`lib o`tgan uchrashuv doirasida tarixiy hujjat – Abadiy do`stlik va ittifoqchilikni mustahkamlash to`g`risidagi deklarasiya qabul qilingani va boshqa muhim kelishuvlar ikki birodar xalqlarimiz manfaatlariga to`la javob berishini qayd etdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, transport-logistika, qishloq xo`jaligi va boshqa sohalarda yangi loyihalarni izchil amalga oshirish bo`yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash zarurligiga alohida e`tibor qaratildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1